

"Arsenal" "Yuventus" yarim himoyachisi Manuel Lokatellining xizmatlariga qiziqib qolgan. Bu haqda "Calciomercato" xabar qildi.
24 yoshli xavbek 2021 yilning yozida sotib olish huquqi bilan ijara asosida ikki yilga "Sassuolo"dan "Yuventus"ga o'tgan edi.
Lokatelli ushbu mavsum "Yuventus" safida barcha musobaqalarda 6 ta o'yinda qatnashdi.



