"Arsenal" yarim himoyachisi Milan klublariga kerak

20 noya 2019, 22:53
Londonning "Arsenal" klubi yarim himoyachisi Granit Jaka faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.

Shveysariyalik futbolchi "Arsenal" rahbariyati va muxlislari bilan yuzaga kelgan mojarolar sabab qishda jamoadan ketishi kutilmoqda. Italiyaning "Milan" va "Inter" klublari Jaka uchun asosiy da'vogarga aylanishdi. Avvalroq, "to'pchilar" rahbariyati futbolchi "Kristal Pelas" klubi safiga ko'chib o'tishi mumkinligi haqidagi xabarlarni inkor etib, Jakani Angliya klublariga sotmasligini e'lon qilgandi.

Eslatib o'tamiz, Granit Jaka londonliklar 2016 yilda Myunxengladbaxning "Borussiya" klubi safidan kelib qo'shilgandi.


O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Germany