

"Goal" xabariga ko'ra, 20 yoshli norvegiyalik futbolchi ayni damda "Arsenal" qarorgohida. U bilan shartnoma imzolangani 1 avgust kuni "Chelsi"ga qarshi o'yindan keyin e'lon qilinishi kutilmoqda.
Aytilishicha, futbolchi mart oyida ham "Arsenal"da bo'lgan va Mikel Artetada yaxshi taassurot qoldirgan. Jorj bunga qadar "Fram Larvik" hamda "Tromsdalen" kabi jamoalarda o'ynagan. U erkin agent sifatida "Arsenal" safini to'ldiradi.



