"Arsenal" Xavi Simonsni sotib olmoqchi

Sherzod Nurmatov
3 iyun 2023, 14:01
PSV yarim himoyachisi Xavi Simons faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

"Arsenal" 20 yoshli niderlandiyalik futbolchini safiga qo'shib olmoqchi.

U joriy mavsum 19 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2027 yilning o'rtalariga qadar tuzilgan.

Oldinroq PSV futbolchi bilan shartnomani uzaytirmoqchi ekani xabar qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: vi.nl