“Arsenal“ Xames uchun 42 million evro taklif qilishga tayyor

28 noya 2019, 23:41
Londonning “Arsenal“ klubi rahbariyati yaqinlashayotgan qishki transfer oynasida “Real“ yarim himoyachisi Xames Rodrigesni sotib olish niyatida.

Angliya klubi 28 yoshli futbolchi uchun “qaymoqranglilar“ga 42 million evro taklif qilishga tayyor. Bu “Atletiko“ va “Napoli“ taklif etgan summalarga qaraganda ko'proqdir.

“Real“ Xames bilan har qanday narx evaziga xayrlashishni rejalashtirmayapti va uni sotishdan kamida 50 million evro ishlab olmoqchi. Yarim himoyachining o'zi ham ushbu mavsum oxirida poytaxt klubini tark etishni afzal ko'rmoqda.

Kolumbiyalik futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 9 o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga bittadan gol va samarali uzatma yozdirib qo'ydi.

O'xshash yangiliklar


Manba: El Desmarque