"Arsenal" Vlaxovichning xaridi uchun 85 mln evro to'lashga tayyor

Alisher
1 dek 2021, 17:07
"Arsenal" "Fiorentina" hujumchisi Dushan Vlaxovichni nishonga oldi.

Angliya klubi rahbariyati serbiyalik futbolchini xarid qilish uchun 85 million evro ajratmoqchi.

Italyan klubi ham o'z yetakchisi bilan shuncha mablag' evaziga xayrlashishga tayyor.

Vlaxovich bilan shuningdek "Tottenxem", "Manchester Yunayted" va "Nyukasl" klublari da'vogarlik qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport