"Arsenal" Vlaxovichni safiga qo'shib olmoqchi

10 dek 2022, 15:50
London klubi "Yuventus" a'zosi Dushan Vlaxovichga qiziqayotgan klublar orasida.

Turin klubi futbochisi uchun kurashda "to'pchilar" yetakchilik qilmoqda. "Byankoneri" ham bunga qarshi emas. 22 yoshli futbolchi Serbiya terma jamoasi bilan Qatardagi mundialda muvaffaqiyatsizlikka uchradi. U uchinchi o'yinda gol urganiga qaramay, bahs Shveytsariya foydasiga hal bo'ldi – 2:3. Uning jamoasi guruh bosqichini birgina ochko bilan eng so'nggi pog'onada yakunladi.

Vlaxovich "Yuve" tarkibida joriy mavsum barcha turnirlarda 15 o'yinda 7 ta gol va 2 ta assist qayd etganiga qaramay, bazi jarohatlar bilan kurashishiga to'g'ri keldi. Hozirda futbolchiga Yevropaning eng kamida 4-5 klubi da'vogarlik qilmoqda. "Arsenal" o'tgan yanvarda Vlaxovichga u "Fiorentina"dan Turin klubiga o'tganida ham qiziqish bildirgan edi.

Braziliya termasi safida Gabriel Jezusning tizzasidan olgan jarohati tufayli kamida 3 oyga safdan chiqqani bu qiziqishning yanada jonlanishiga olib keldi. Bu kelishuv qishda amalga oshishi London klubi uchun nihoyatda katta yordam bo'lsa-da, serbiyalik hujumchi faqat yozda Angliyaga ko'chib o'tishi mumkin. Buning barchasi Italiya klubining moliyaviy holati yomon ekanligi bois amalga oshishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Manba: ESPN