"Arsenal" va "Borussiya" "Bayer" futbolchisi uchun raqobat qilmoqda

Alisher
20 may 2020, 18:23
20 yoshli Mussa Diabi joriy yilgi Germaniya chempionati kashfiyotlaridan biri.

"Arsenal" va Dortmundning "Borussiya" klublari yozdayoq o'yinchini o'z tarkiblariga jalb qilishmoqchi.

"Bayer" esa futbolchini qo'yib yuborishga oshiqmayapti. O'yinchining tovon puli 27 million funtga baholanmoqda.

O'yinchining agenti "Arsenal" bilan yaxshi munosabatlarga ega. "Bayer" esa o'tgan yili jamoa bilan 5 yillik shartnoma imzolagan o'yinchini olib qolish uchun barcha ishni qiladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: le10sport.com