Arsenal top hujumchi bilan shartnoma tuzmoqchi

Khoja
1 iyun 2024, 10:07
Napoli hujumchisi Viktor Osimxen faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

Janluka Di Marcioning ma'lum qilishicha, nigeriyalik hujumchiga Arsenal jiddiy qiziqish bildirmoqda. To'pchilar ustozi Arteta 25 yoshli hujumchining o'yinlari Arsenal taktikasiga tushishiga ishonmoqda.

Ma'lumot uchun, o'tgan mavsum Osimxen barcha musobaqalarda 32 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Ushbu uchrashuvlarda hujumchi 17 ta gol urdi va yana 4 ta golga assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com