"Arsenal" Ronalduni qo'lga kiritmoqchi!

Sherzod Nurmatov
19 dek 2022, 15:32
Londonning "Arsenal" klubi Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu uchun kurashga qo'shildi.

Bu haqda "Sportskeeda" xabar bermoqda.

Aytishlaricha, "kanonirlar" yulduz hujumchini qo'lga kiritishga harakat qilayotgan oxirgi klubdir. London jamoasi Krishtianuni safdan chiqqan braziliyalik forvard Gabriel Jezus o'rniga ideal o'rinbosar sifatida ko'rmoqda. 

Londonliklar bosh murabbiyi Mikel Arteta portugaliyalikni mavsum oxirigacha APLda qoldirishga ko'ndirmoqchi. "To'pchilar" "Al Nassr" kabi taklif bilan chiqmaydi, biroq futbolchining o'tishi bo'yicha kelishuvga erisha oladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sportskeeda