“Arsenal” O'zil bilan yangi shartnoma imzolamaydi

12 may 2020, 08:30
Mesut faoliyatini boshqa klubda davom ettirishi mumkin.

“Mesutning klub bilan shartnomasi 2021yilda yakuniga etadi. Hech qanday o'zgarish kutilmayapti. Mijozim yana bir necha mavsumni yuqori darajada o'tkazishi lozim. Ko'ramiz, hammasi qanday kechar ekan. O'zil va uning oilasi birgalikda faoliyatini qayerda davom ettirish borasida qaror qabul qiladi”, - deydi agent.

O'zil joriy mavsum APLda 18 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning xizmatlariga ayni damda “Fenerbahche”dan qiziqish bor.

O'xshash yangiliklar


Manba: beIN Sports