"Arsenal" muxlislari jamoaning joriy mavsumdagi eng yaxshi futbolchisini aniqlashdi

Eldor Akmurzayev
3 may 2019, 23:50
Arsenal klubi twitterʼdagi rasmiy sahifasi orqali joriy mavsum jamoaning eng yaxshi futbolchisi uchun muxlislar o'rtasida o'tkazilgan so'rovnomaning natijalarini ma'lum qildi.

Unga ko'ra, to'pchilar forvardi Aleksandr Lyakazett ushbu nomga sazovor bo'ldi. Fransiyalik futbolchi 35 foiz ovoz to'plagan. U mavsum davomida 46ta o'yinda ishtirok etib, 18ta gol urgan va 12ta golli uzatmani amalga oshirgandi. 

Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsum Aaron Remzi muxlislar tomonidan eng yaxshi deb topilgandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/Arsenal