"Arsenal" Lyakazett jarohat olganini tasdiqladi

Londonliklar hujumchisi Aleksandr Lyakazett jarohati tufayli okatyabrga qadar maydonga tushmasligi ma'lum bo'ldi.

Bu xabarni "Arsenal" jamoasi rasman tasdiqlagan. Fransiyalik forvard oyog'ining to'piq qismidan shikastlangani bois, "to'pchilar"ning ushbu oydagi o'yinlarida yordam bera olmaydi. 

Eslatib o'tamiz, Unai Emeri shogirdlari ushbu oyda "Uotford" (15), "Ayntraxt Frankfurt" (19), "Aston Villa" (22), "Nottingem Forest" (24), "Manchester Yunayted" (30 sentbyar) jamoalariga qarshi bellashishadi.  



Manba: arsenal.com