"Arsenal" futbolchisi jarohat oldi

Alisher
13 may 2022, 13:25
"Arsenal" himoyachisi Gabriel jarohati sabab "Tottenxem"ga qarshi o'yinni oxirigacha o'tkaza olmadi.

24 yoshli braziliyalik 76-daqiqada jarohat oldi va shu zahoti uning o'rnini Nunu Tavaresh egalladi.

Jarohat tafsilotlari va o'yinchining tiklanish muddati keyinroq ma'lum bo'ladi.

Gabriel joriy mavsum APL doirasidagi 32ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia