"Arsenal" – "Chelsi". Koselni o'ynamaydi, Podolski maydonga tushishi mumkin

Tolibjon Qosimov
21 dek 2013, 16:31
"Arsenal" bosh murabbiyi Arsen Venger Loran Koselni "Chelsi"ga qarshi o'yinda maydonga tushmasligini aytib o'tdi.
"Loran Koselni "Chelsi"ga qarshi o'ynamaydi. Bu 80 yoki 90 foiz aniq. Diskvalifikaciya sabab Uilsher ham o'yinni o'tkazib yuboradi. Qolgan hamma maydonga tushishga tayyor".

"Podolski qaydnomaga kiritilishi mumkin. Uning qaytishi – biz uchun katta xursandchilik. Chunki u eng muhim o'yinlarda gollar kirita oladi. U buni bir necha bor isbotlagan. Lukasda gol sezish qobiliyati kuchli rivojlangan. Juda saviyali futbolchi", dedi Venger.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru