"Arsenal" bosh murabbiyi Kay Havercni maqtadi

Sherzod Nurmatov
19 dek 2023, 11:06
Mikel Arteta germaniyalikning o'yiniga ijobiy baho berdi.

"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta "Brayton"ga qarshi o'yindan so'ng yarim himoyachi Kay Xavercni maqtab qo'ydi.

"Kay Haverc haqida? U top-futbolchi. Uning o'ziga bo'lgan ishonchi ortib bormoqda, guvohi bo'lganingizdek, u o'zini xotirjam his qilmoqda. Uning o'yini va maydonda ko'rsatayotgan aql-zakovati, tajovuzkorligi, mehnatsevarligi... zo'r", – dedi Arteta.

Eslatib o'tamiz, "Brayton"ga qarshi o'yinda Kay Xaverc ikkinchi golni urib, "Arsenal"ning 2:0 hisobidagi yakuniy g'alabasini taminlanan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano