"Arsenal" "Borussiya" yarim himoyachisi Brandtga qiziqmoqda

Alisher
24 apr 2021, 14:38
"Arsenal" Dortmundning "Borussiya" jamoasi yarim himoyachisi Yulian Brandtga qiziqmoqda.

"Kanonirlar" "Real"dan ijaraga olingan Martin Edegorni xarid qila olishmasa, 24 yoshli germaniyalik o'yinchining variantini ko'rib chiqishadi.

Brandt joriy mavsum "Borussiya" libosida 40ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 2ta assist qayd etdi.

Transfermarkt futbolchini 25 million evroga baholagan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/cfbayern