

Ushbu uchrashuvni Denis Kazanskiy sharhlab boradi. Bu haqda “UZREPORT TV” telekanalining rasmiy sayti ma'lum qildi.
Uchrashuvni qiziqarli tarzda muxlislar e'tiboriga havola qilishda sharhlovchining o'rni katta ekanini inobatga olgan holda "UZREPORT TV" Rossiyaning “NTV PLYUS” telekanali sharhlovchisi Denis Kazanskiyni maxsus taklif qildi.
Denis Kazanskiy bugun bo'lib o'tadigan "Arsenal" - "Bavariya" o'yinini Jasurbek Gaybullaev bilan birgalikda sharhlab boradi.



