"Arsenal" 7 yil ichida ilk bor APLni "Tottenxem"dan yuqori pog'onada yakunlaydi

Aziz Tukhtamuradov
22 apr 2023, 08:22
"Arsenal" 7 yil ichida birinchi marotaba Premer-Ligani "Tottenxem"dan yaxshiroq natija bilan tugatadi.

Mikel Arteta jamoasining "Tottenxem" bilan farqi 22 ochkoni tashkil etadi. "Shporlar"ning ligada 7 ta o'yini qolgan. Agar ular 7 ta o'yinning barchasida g'alaba qozonishsa ham, "Arsenal"ga yetib olish imkonsiz. 

"Arsenal" so'nggi marotaba 2015/16 yilgi mavsumda principial raqiblarini ortda qoldira olishgandi. O'shanda "Arsenal" 2, "Tottenxem" esa 3-o'rinda mavsumni tugatgandi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Opta