"Arsenal" 2017 yilning iyulida Avstraliya klublariga qarshi ikkita uchrashuv o'tkazadi

Aslanov Jasurbek
30 apr 2016, 15:18
"Arsenal" ijrochi direktori Ivan Gazidis "to'pchilar" 2017 yilda Avstraliyada 2 ta o'rtoqlik uchrashuv o'tkazishini tasdiqladi.

13 iyul kuni "Arsenal" "Sidney" bilan o'ynaydi, ikki kun o'tib, londonliklar "Vestern Sidney Uonderers" klubiga qarshi maydonga tushadi. Ikkala jamoa ham Avstraliyaning birinchi darajali divizionida ishtirok etadi.

"Bu o'yinlar jamoani navbatdagi mavsumga tayyorlashga yordam beradi, "Sidney" va "Vestern Sidney Uonderers"ga qarshi bahsla "Arsenal" uchun jiddiy imtihon bo'ladi. Bundan tashqari, ushbu sayoxat klubimizning Avstraliyadagi muxlislari bilan uchrashish imkonini beradi" - deydi Gazidis.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com