
13 iyul kuni "Arsenal" "Sidney" bilan o'ynaydi, ikki kun o'tib, londonliklar "Vestern Sidney Uonderers" klubiga qarshi maydonga tushadi. Ikkala jamoa ham Avstraliyaning birinchi darajali divizionida ishtirok etadi.
"Bu o'yinlar jamoani navbatdagi mavsumga tayyorlashga yordam beradi, "Sidney" va "Vestern Sidney Uonderers"ga qarshi bahsla "Arsenal" uchun jiddiy imtihon bo'ladi. Bundan tashqari, ushbu sayoxat klubimizning Avstraliyadagi muxlislari bilan uchrashish imkonini beradi" - deydi Gazidis.