“Arsenal” – 19 o'yindan keyin 50+ ochko to'plagan APLdagi to'rtinchi jamoa

Eldor Akmurzayev
23 yanv 2023, 08:55
Angliya chempionati 21-turida “Arsenal” dramatik uchrashuvda MYUni 3:2 hisobida taslim etishga erishdi.

“To'pchilar” 19 o'yin o'tkazib, musobaqada jadvalida 50 ochko bilan peshqadamlik qilishda davom etmoqda. “Arsenal” mavsum yarmida 50 va undan ko'p ochko to'play olgan musobaqadagi to'rtinchi jamoaga aylandi.

Avvalroq, bunday natijaga “Manchester Siti” (55 ochko 2017/18 yilgi mavsum), “Liverpul” (55 ochko 2019/20 va 51 ochko 2018/19 yilgi mavsum), “Chelsi” (52 ochko 2005/06 yilgi mavsum) erishgan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: sport24.ru