
17 yoshli Nelson 10 yildan beri akademiyada futbol sirlarini o'rganib kelmoqda. U "Arsenal"ning 23 yoshgacha bo'lgan jamoasi tarkibida asosiy futbolchilardan biriga aylandi va UEFA Yoshlar ligasida (yosh futbolchilar uchun Chempionlar ligasi) 2 ta gol urishga ham ulgurdi.
U Angliya terma jamoasi safida Ozarbayjonda o'tgan 17 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Yevropa chempionatida 9 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.