Arsen Venger: "Men Mourinyoni turtmadim, shunchaki tegib qo'ydim"

Aslanov Jasurbek
6 okt 2014, 12:50
"Arsenal"ning fransiyalik murabbiyi Arsen Venger "Chelsi" bosh murabbiyi Joze Mourinyoni turtgan holat haqida o'z izohini berdi.
"Men ishimdan afsusda emasman. Kamina Sanchesga nima bo'lganini ko'rish uchun A punktdan B punktga ketayotgandim, ammo meni to'xtatishdi va bu ish yaxshi niyat bilan qilinmagani sezildi. Tushunaman, endi sizlar uch hafta menga ruhiy bosim o'tkazasizlar, lekin bahslashmoqchi emasman. Anchadan beri futboldaman, shu sababli aql bilan qaror qabul qila olaman. Sizn turtib ko'rganimda, rostdan ham turtish qanday bo'lishini bilib olasiz. Mourinyoga faqat tegib qo'ydim" - deydi Venger.

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: football.kulichki.net