Arsen Venger: “Bavariya” bilan uchrashuvda oriyat uchun o'ynaymiz”

Aslanov Jasurbek
6 mar 2017, 23:55
“Arsenal” klubi bosh murabbiyi Arsen Venger Yevropa Chempionlar ligasi nimchorak finali doirasidagi “Bavariya”ga qarshi javob uchrashuvi oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

“Biz hujum qilishimiz va darvozani ishg'ol etishimiz shart. O'zga choramiz yo'q. Maydonga oriyat uchun ham tushamiz. Futbolchilar 90 daqiqa mobaynida maksimal kuch bilan maydonda harakat qilishadi.

Afsuski, Mesut Ozilning xizmatlaridan foydalana olmaymiz. Hozir u tarkibda emas. O'tgan haftani deyarli mashg'ulotsiz o'tkazib yubordi. Mesut kelayotgan dam olish kunlarigina safga qaytishi mumkin”, – dedi Venger.


Eslatib o'tamiz, YCHL 1/8 finalning javob uchrashuvi 7 mart kuni bo'lib o'tadi. Dastlabki o'yinda “Bavariya” yirik 5:1 hisobida g'alaba qozongan edi. 

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif