Armanistonlik futbolchi "Arsenal"ga qaytishi mumkin

Alisher
7 mar 2020, 15:41
Yarim himoyachi Genrix Mxitaryan mavsum yakunlanganidan so'ng "Arsenal"ga qaytishi mumkin.

"Menga Mxitaryan doim yoqqan. U har qanday jamoaga mos keladigan futbolchilardan biridir. Genrixga barqarorlik kerak.

Uning qaytish ehtimoli bor, biz buni ko'rib chiqmoqdamiz", - deydi Arteta.

Eslatib o'tamiz, Mxitaryan joriy mavsum "Arsenal" safida APLda 4ta o'yinda maydonga tushdi va shundan so'ng "Roma"ga ijaraga berib yuborildi.

Armanistonlik futbolchi "Roma" libosida barcha musobaqalarda 17ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 3ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Goal