Armaniston terma jamoasi bosh murabbiyi 1:9dan so'ng nimalar dedi?

Alisher
19 noya 2019
Armaniston terma jamoasi bosh murabbiyi Abraam Xashmanyan Evro-2020 saralashi doirasidagi Italiya (1:9)dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Afsuski, Italiya bilan o'yin arman futbolining imidjini yaqqol ko'rsatib berdi. Men bosh murabbiylikka kelgan paytimda bunday holatlar ham ro'y berishini aytganman. Barcha aybni o'z bo'ynimga olaman, bu mening aybim.

Agar federatsiya ham buni mening aybim deb hisoblasa, ertagayoq iste'foga chiqishga tayyorman. Agar buning aksi bo'lsa, men o'z faoliyatimni davom ettiraman va jamoani butunlay yangilayman", - deydi Xashmanyan.

Qayd etish kerakki, 52 yoshli Xashmanyanning Italiyaga qarshi o'yinni Armaniston bosh murabbiyi sifatidagi ikkinchi o'yin bo'ldi.


AlisherMuallif
Manba: uefa.com