Ari Rossiya terma jamoasiga chaqirildi

Aslanov Jasurbek
12 noya 2018, 15:30
"Krasnodar" hujumchisi Ari Rossiya terma jamoasiga chaqirildi.

Bu haqda Rossiya terma jamoasi rasmiy "tvitteri" ma'lum qildi. Oldinroq e'lon qilingan tarkibda Ari yo'q edi.

Eslatib o'tamiz, Rossiya terma jamoasi 15 noyabr kuni Germaniya bilan nazorat uchrashuvi o'tkazadi, 20 noyabrda esa Shvetsiya bilan Millatlar ligasi turniri doirasida bellashishadi.

Joriy mavsum 32 yoshli futbolchi "Krasnodar" safida RPLning 8ta uchrashuvida maydonga tushib, 6ta gol urdi va 3ta golli pas berdi.

Ari asli braziliyalik futbolchi hisoblanadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: twitter.com/TeamRussia