Argentina tibbiy shtabi Messiga Urugvay va Braziliyaga qarshi o'yinda qatnashishga ruxsat berdi

Sherzod Nurmatov
9 noya 2021, 21:26
Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi JCH-2022 saralash o'yinlarida terma jamoasiga yordam berishga shay.

Ma'lumotlarga ko'ra, 34 yoshli futbolchi Urugvay (13 noyabr") va Braziliya (17 noyabr)ga qarshi uchrashuvlarda o'ynash uchun Argentina termasi shifokorlaridan ruxsat oldi.

Eslatib o'tamiz, argentinalik hujumchi jarohat tufayli "Leyptsig" (2:2) va "Bordo" (3:2) bilan o'yinlarda PSJga yordam berolmagandi.

Aytishlaricha, Messi braziliyaliklar bilan o'yinda to'liq kuch bilan, urugvayliklar bilan esa cheklangan vaqt mobaynida o'ynay oladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: TyC Sports