Argentina terma jamoasi futbolchilari murabbiyni almashtirishni so'rashmoqda

Aslanov Jasurbek
22 iyun 2018, 11:32
Argentina terma jamoasi futbolchilari Nigeriyaga qarshi JCH-2018 guruh bosqichining 3-tur uchrashuvi oldidan murabbiyni almashtirishni so'rashmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, futbolchilar Nigeriyaga qarshi bahsda Xorxe Sampaoli jamoani boshqarishini istashmayapti. O'yinchilar kelasi uchrashuvda Sampaolining yordamchisi murabbiy bo'lishini xohlashmoqda.

Argentina terma jamoasi JCH-2018 guruh bosqichining ikkinchi turida Xorvatiyaga 0:3 hisobida mag'lub bo'ldi va o'z guruhida 1 ochko bilan 3-o'rinni egallab turibdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Toda Pasion