Argentina JCH saralashining pley-offiga chiqsa, Messi "Sevilya"ga qarshi o'ynamaydi

Aslanov Jasurbek
7 sen 2017, 14:17
"Barselona" futbolchilari Lionel Messi va Xaver Maskerano "Sevilya"ga qarshi LaLiganing 11-tur uchrashuvini o'tkazib yuborishlari mumkin.

Bunga Argentina terma jamoasi JCH-2018 saralash bahslarining pley-offiga tushib qolishi mumkinligi sabab bo'lishi mumkin.

Agar argentinaliklar Janubiy Amerika guruhida beshinchi o'rinda qolsa, 6 yanvar kuni ular Okeaniya g'olibi Yangi Zelandiya bilan o'ynaydi.

Agar Urugvay terma jamoasi 5-o'rinni egallasa Luis Suares "Sevilya"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com