

FIFA kecha argentinalik 29 yoshli hujumchini Chiliga (1:0) qarshi kechgan bahsda bosh hakam yordamchisini haqorat qilganligi bois ushbu to'rtta o'yinga chetlatish haqida qaror qabul qilgandi. Natijada Messi to'rtta o'yinda maydonga tusha olmasligi bilan birga 9350 evro miqdorida jarima to'lashi ham lozim.
“Biz ushbu qarordan hayratdamiz. Boliviya bilan o'yinga bir necha soat qolganda bu yetakchi o'yinchimizni diskvalifikaciya qilinishidan norozimiz. Shu sabab appelyaciya beramiz”, deya ta'kidladi Argentina terma jamoasi kotibi Xorxe Myadoski.
Ilgariroq Argentina-Chili uchrashuvini boshqargan barcha hakamlar futbolchi tomonidan ular tomonga haqoratli so'zlar aytilmaganini takidlashgan edi.



