
"Agar Yevropaning eng yaxshi futbolchisi sovrini Riberiga topshirilsa bu adolatdan bo'ladi. U bunga loyiq. Bu esa jamoaga ham qo'shimcha kuch bag'ishlaydi".
"Messi va Ronaldu g'aroyib o'yinchilar, ammo Frank va "Bavariya" treblni qayd etishdi", - deydi Robben.
Yevropaning o'tgan mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi sovrini avgust oyi so'nggida YCHL guruh bosqichiga qur'a tashlanayotganda topshiriladi. O'tgan yil bu sovringa Andres Inesta ega chiqqandi.