Arda Turan qishda "Beshiktosh"ga o'tishga rozi

Aziz Tukhtamuradov
24 dek 2017, 21:52
"Barselona" futbolchisi Arda Turan qishda "Beshiktosh"ga o'tishi mumkin.

30 yoshli yarim himoyachi ushbu mavsumda kataloniyaliklar tarkibida umuman maydonga tushmadi. Shu sababli ham, u katta ehtimol bilan qishki transferlar oynasi vaqtida jamoasini o'zgartiradi.

Klublar o'zaro kelishuvga erishishga yaqinlar.

Shuni alohida qayd etib o'tish lozimki, Turan "Galatasaroy" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

"Beshiktosh" va "Galatasaroy" Turkiyada principial raqiblar hisoblanadi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Fanatik