Arda Turan "Barselona" muxlislariga ta’sirli xayrlashuv xati yo'lladi

Aslanov Jasurbek
14 yanv 2018, 12:58
Ijara asosida "Istanbul Bashakshexir" sharafini himoya qiladigan "Barselona" yarim himoyachisi Arda Turan Kataloniya klubi muxlislari bilan xayrlashdi.

"Orzu hech qachon sehr evaziga haqiqatga aylanib qolmaydi. Buning uchun mardlik, harakat va tinimsiz mehnat kerakligini yaxshi bilaman. "Barselona" futbolchisi bo'lish - eng katta orzuim edi. Maqsadimga erisha olganim tufayli doimo g'ururlanib yuraman.

Ammo hozir xayrlashish vaqti keldi. Balki bu vaqtinchalikdir. Yana siz sevgan insonga aylanish uchun bor kuchimni ishga solaman. Oramizdagi masofa ahamiyatga ega emas. Barcha xotiralar qalbimda bo'ladi va yo'limni yoritib, kuch berib turadi" - deb yozdi Turan "Tvitter"dagi sahifasiga.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: twitter.com/ArdaTuran