AQSH terma jamoasi himoyachisi bo'yi past raqibi ustidan kuldi (+FOTO)

Aslanov Jasurbek
12 sen 2018, 14:22
AQSH terma jamoasi himoyachisi Mettyu Miazga hamda Meksika terma jamoasi hujumchisi Diego Laynes o'rtoqlik uchrashuvida janjallashib qolishdi.

Ikkinchi bo'limdagi vaziyatlarning birida futbolchilar aytishib qolishdi va Miazga ustidan kulishni anglatuvchi harakatlar bilan raqibining bo'yiga ishora qildi. AQSH terma jamoasi himoyachisining bo'yi 191 sm, Laynesniki esa 167 sm.


Aytishuv natijasida janjal sodir bo'ldi va unda boshqa futbolchilar ham ishtirok etishdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com