

Jurnalist Janluka Di Marcioning ma'lumotiga ko'ra, "shporlar" 22 yoshli futbolchi uchun "Bornmut"ga 70 million evro to'lashga tayyor turibdi. Buning uchun futbolchining o'zi ham transferga rozilik bildirishi kerak.
PSJ ham ukrainalikka da'vogarlik qilmoqda va bunga qadar 60 million evrolik taklif ham jo'natgandi. Biroq bu taklif ingliz klubi tomonidan rad qilingan.
Zabarniy o'tgan mavsumda APLning 36 o'yinida ishtirok etdi.
Ma'lumot uchun, "Tottenxem" bunga qadar Muhammad Kudusni sotib olish uchun 63 million evro sarfladi va o'z tarixidagi ikkinchi rekord transferni amalga oshirdi. Shuningdek, Morgan Gibbs-Uaytning ham transferi amalga oshishga yaqin turibdi. "Shporlar" u uchun 69 million evro to'lashi kutilmoqda.



