APLning ikki klubi 120 million evrolik futbolchi uchun kurashadi

Alisher
4 yanv 2020, 11:36
"Napoli" himoyachisi Kalidu Kulibali tez orada Angliya klubiga o'tishi mumkin.

Futbolchiga ikkita bosh da'vogar - "Tottenxem" va "Chelsi" klublari qiziqish bildirmoqda.

Kulibali London klublariga qimmatga tushadi. Sababi, Neapol klubi esa o'z himoyachisini 120 million evrodan kamiga qo'yib yubormoqchi emas.

Eslatib o'tamiz, senegallik futbolchiga oldinroq "Manchester Yunayted" va "Manchester Siti" klublari qiziqish bildirayotgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: thesun.co.uk