

Oyning eng yaxshi murabbiyi sovriniga "Lester" ustozi Klaudio Raneri ega chiqdi. Uning qo'l ostidagi jamoa muddatidan avval APLda chempion bo'ldi va apreldagi 4 uchrashuvning 3 tasida g'alaba qozondi va 1 ta durang qayd etdi.

"Manchester Siti" hujumchisi Serxio Aguero o'tgan oyning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi. U aprel oyidagi 5 ta uchrashuvda 8 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.




