APLda yanvar oyida ikki haftalik tanaffus e'lon qilinishi mumkin

Mirjalol Normatov
29 dek 2020, 23:57
APLdagilar koronavirusning futbolchilarga ko'p yuqayotganidan xavotirda.

"The Telegraph" xabariga ko'ra, klublar 2 haftalik tatilga chiqarib yuborilishi mumkin. Kecha "Manchester Siti"dagi muammolar sababli "Everton"ga qarshi bahs qoldirildi. Undan tashqari, ayni damda "Fulxem" hamda "Sheffild" kabi jamoalarda ham muammolar talaygina.

Shu bilan birga Buyuk Britaniyada ham ahvol yomonlashmoqda. So'nggi test natijalariga ko'ra, APLda 18 nafar futbolchida koronavirus aniqlangan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Telegraph