APLda oy futbolchisi aniqlandi va rekord natija qayd etildi

Aslanov Jasurbek
13 apr 2018, 15:44
Angliya Premer-ligasining rasmiy sayti mart oyining eng yaxshi futbolchisini aniqlash uchun o'tkazilgan so'rovnoma g'olibini e'lon qildi.

Nomzodlar orasida quyidagi futbolchilar bor edi:

Son Xyon Min ("Tottenxem") - 2ta o'yin, 2ta g'alaba, 4ta gol

Romelu Lukaku ("Manchester Yunayted") - 3ta o'yin, 3ta g'alaba, 2ta gol, 1ta assist

Muhammad Saloh ("Liverpul") - 4ta o'yin, 3ta g'alaba, 1ta mag'lubiyat, 6ta gol, 1ta assist

David Silva ("Manchester Siti") - 4ta o'yin, 4ta g'alaba, 3ta gol, 3ta assist

Chenk Tosun ("Everton") - 4ta o'yin, 2ta g'alaba, 2ta mag'lubiyat, 4ta gol

Kris Vud ("Byornli") - 3ta o'yin, 3ta g'alaba, 4ta gol, 1ta assist


Shunday qilib, "Liverpul" forvardi Muhammad Saloh mart oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi va Premer-liga rekordini o'rnatdi.

Saloh bitta mavsumda 3 marta (noyabr, fevral, mart) oy futbolchisi deb topilgan Angliya chempionatining birinchi o'yinchisiga aylandi. Hozirgacha hech kim bu ishni amalga oshira olmagan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: premierleague.com