APLda YCHL yo'llanmasi uchun kurash: "Liverpul" va "Lester" bir xil ochko to'plashi mumkin (+turnir jadvali)

Aziz Tukhtamuradov
19 may 2021, 09:43
"Lester" APL 37-tur o'yinida "Chelsi"ga mag'lub bo'ldi.

Bu g'alaba orqali "Chelsi" 67 ochko bilan 3-o'ringa ko'tarilib oldi. "Lester" esa 66 ochko to'plagan holda YCHLda ishtirok etish huquqini beruvchi 4-o'rinni egallab turibdi. 

"Liverpul" esa 63 ochko bilan beshinchi pog'onada turibdi. Ammo Klopp shogirdlari raqiblaridan bitta kam o'yin o'tkazishgan. 

Agar "Liverpul" va "Lester" qolgan barcha o'yinlarda g'alaba qozonadigan bo'lishsa, bir xil ochko to'plashadi. Shunda to'rtinchi o'rin sohibi to'plar nisbatiga ko'ra aniqlanadi. 

Ayni paytda urilgan va o'tkazib yuborilgan gollar bo'yicha "Lester"da plyus 20 (66:46), "Liverpul"da esa plyus 21 (63:42) ko'rsatkichi mavjud.

"Chelsi" so'nggi turda safarda "Aston Villa"ga qarshi o'ynaydi. "Lester" esa o'z maydonida "Tottenxem"ni qabul qiladi. "Liverpul"da esa safarda "Byornli", o'z maydonida "Kristal Pelas"ga qarshi o'yinlar bor. 

TO'LIQ JADVAL

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia