APL. Sonning 90+4 daqiqadagi goli “Tottenxem”ga "Aston Villa" ustidan g'alaba keltirdi

Eldor Akmurzayev
16 fev 2020, 20:55
Angliya chempionati 26-turidan o'rin olgan “Aston Villa” – “Tottenxem” bellashuvi yakunlandi.

Uchrashuvning 9-daqiqasida mehmonlar himoyachisi Tobi Alderveyreld to'pni o'z darvozasiga kiritib yuborgan bo'lsa, keyinroq u xatosini to'g'rilab raqib kiperini dog'da qoldirdi. 

Son Xyon Min 45+2 daqiqasida penalti tepish imkoniyatiga ega bo'ldi ammo uning zarbasini Pep Reyna bartaraf etdi. Qaytgan to'pga esa Sonning o'zi birinchi bo'lib yetib kelib, bu safar Reynani ojiz qoldirdi. 

2-taym boshida esa Jek Girilishning uzatmasidan keyin Born Engels unumli foydalanib, gol urdi. 

90+4 daqiqada esa yana katta sahnaga Son Xyon Min chiqib, dublga erishdi va “shporlar”ga muhim g'alabani taqdim etdi – 3:2.

Aston Villa – Tottenxem 2:3 (1:2, 1:1)

Villa Park

Gollar: 1:0 – 9, avtogol Alderveyreld, 1:1 – 27 Alderveyreld, 1:2 – 45 Son Xyon Min, 2:2 – 53 Engels, 2:3 – 90 Son Xyn Min.

Aston Villa – Reyna, Gilber, Konsa, Engels, Targett, Grilish, Drinkuoter (Nakamba, 60), El-Gazi (Trezege, 70), Duglas Luis, Xoz, Samatta (Baston, 83).

Tottenxem – Loris, Sanches, Devis, Ore, Alderveyreld, Alli (Jedson Fernandesh, 83), Uinks, Bergveyn (Vertongen, 90), Lukas Moura, Son Xyon Min, Dayer (Lo Chelso, 60).

Ogohlantirishlar: Gilber (86), Nakamba (90).

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia