APL. Ngolo Kante - mavsumning eng yaxshi futbolchisi

Narzulla Saydullayev
24 apr 2017, 08:45
Chelsi yarim himoyachisi Ngolo Kante APL professional futbolchilar assotsiatsiyasi talqiniga APLning eng yaxshi futbolchisi deb tan olindi.

So'rovnomada ikkinchi o'rinni Eden Azar (Chelsi), uchinchi – Zlatan Ibragimovich (Manchester Yunayted) band etishdi. Bu sovringa Xarri Keyn (Tottenxem), Romelu Lukaku (Everton) va Aleksis Sanches (Arsenal) ham da'vogarlik qilgandi.

Oldinroq Tottenxem yarim himoyachisi Dele Alli mavsumning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topilgandi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: telegraph.co.uk