APL. “Man Siti” “Liverpul”ning 39 yil oldingi rekordini takrorladi

Eldor Akmurzayev
15 dek 2021, 09:45
Angliya chempionati 17-turida “Manchester Siti” o'z maydonida “Lids”ni tor-mor (7:0) etdi.

“Shaharliklar” APLda 2021 yildagi 33-g'alabasini qo'lga kiritdi va mazkur natija bo'yicha musobaqa rekordini takrorlashdi. 1982 yil “Liverpul” yuqori divizionda shunday natijaga erishgandi.

Eslatib o'tamiz, 2022 yilga qadar “Siti”ni oldinda uchta o'yin kutib turibdi: “Nyukasl” (19 dekabr), “Lester” (26), “Brentford” (30).

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Gracenote Live