APL. Kuchli to'rtlikda borayotgan "Tottenxem" ochko yo'qotdi

Оқил Абдубарноев
26 dek 2022, 19:30
Angliya Premer-ligasining 17-turidan o'rin olgan "Brentford" - "Tottenxem" uchrashuvi yakunlandi.

Uchrashuvda mezbonlar hisobni ochishdi. Vitali Yaneltning goli ilk bo'limda "Brentford" ustunligini taminladi. Ikkinchi bo'lim boshlari Ayven Toni oradagi farqni ikkitaga oshirdi. Shunga qaramay, Antonio Konte shogirdlari o'zlarini tutib olishdi hamda Harri Keyn va Per-Emil Xeybergning gollari evaziga hisobni tenglashtirdi. Ammo "shporlar" g'alabaga erishi olmadi va uchrashuv 2:2 hisobida yakunlandi.

Brentford – Tottenxem 2:2 (1:0, 1:2)

Gollar: 1:0 – 15 Yanelt, 2:0 – 54 Touni, 2:1 – 65 Keyn, 2:2 – 71 Xeyberg.

Brentford – Rayya, Roerslev, Yorgensen, Mi, Pinnok, Genri, Nergor (Dasilva, 82), Yensen (Goddos, 67), Yanelt, Touni, Mbemo (Vissa, 82).

Tottenxem – Forster, Doerti, Dayer, Langle (Devis, 90), Tanganga (Sanches, 67), Perishich, Xeyberg, Bissuma, Kulusevski, Son Xyn Min, Keyn.

Ogohlantirishlar: Yensen (59), Bissuma (60), Touni (63), Mbemo (76).

Turnir jadvali

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia