APL klublari 8 o'yindan beri LaLiga jamoalariga yutqazmayapti

Tolibjon Qosimov
22 fev 2018, 12:54
APL klublarining Chempionlar ligasida LaLiga jamoalariga qarshi mag'lubiyatsiz seriyasi uzaydi.

Eslatib o'tamiz, kecha "Sevilya" va MYU o'zaro durang o'ynadi. Inglizlar 8 uchrashuvdan beri ispanlarga yutqazishmayapti. Bu haqda "Opta" xabar berdi. Ulardan 6tasida durang qayd etilgan.

Oldinroq, "Chelsi" "Barselona" bilan murosa ko'chasini tanlagan edi. Endi jamoalar YCHL pley-off doirasida javob uchrashuvlarini o'tkazishadi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Opta