APL klubi Ispaniya terma jamoasi o'yinchisini xarid qilmoqchi

Alisher
20 yanv 2020, 18:45
Dani Olmo APLga yo'l olishi mumkin.

"Vulverxempton" rahbariyati tez orada yarim himoyachi Dani Olmo borasida Zagrebning "Dinamo" klubi bilan muzokaralar olib bormoqchi.

Takidlash kerakki, o'yinchi uchun asosiy da'vogar "Milan" bo'lib turibdi va "rossonerilar" xorvatiyalik futbolchi bilan muzokaralar olib bormoqda.

Xabarlarga ko'ra, "Dinamo" Olmoning sotuvidan 25 million evro ishlab olmoqchi, ammo milanliklar bu narxni tushirishmoqchi.

O'z navbatida "bo'rilar" ham "ko'klar"ning moliyaviy ehtiyojlarini qondirishga tayyorlar.

Eslatib o'tamiz, Olmo "Barselona" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2019 yildan buyon Ispaniya terma jamoasi sharafini himoya qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sportske Novosti