APL. Keyn Anrini quvib o'tdi

Eldor Akmurzayev
8 mar 2022, 08:15
Angliya chempionati 28-turda “Tottenxem” o'z maydonida “Everton”ni tor-mor (5:0) etdi.

Uchrashuvda dublga erishgan “shporlar” a'zosi Xarri Keyn musobaqadagi gollari sonini 176 taga etkazib, to'purarlar ro'yxatida “Arsenal” afsonasi Terri Anri (175 ta)dan o'zib ketdi.

Keyndan oldinda esa faqatgina besh futbolchi bor: Frenk Lempard (177), Serxio Aguero (184), Endi Koul (187), Ueyn Runi (208) va Alan Shirer (260).

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Gracenote Live