APL. “Everton” o'z maydonida yutqazdi va “Nyukasl”ning 11 o'yinlik g'alabasiz seriya yakunlandi

Eldor Akmurzayev
30 yanv 2021, 19:45
Angliya chempionati 21-turidan o'rin olgan dastlabki bahs “Gudison Park”da bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda “Nyukasl Yunayted” 2:0 hisobida zafar quchdi. Shu tariqa, jamoaning barcha musobaqalarda davom etgan 11 o'yinlik g'alabasiz seriyasi yakunlandi. 

Ochkolari sonini 22 taga etkazgan Stiv Bryus shogirdlari jadvalda 16-o'ringa ko'tarildi. Karlo Anchelotti boshqaruvidagi mersisaydliklar esa 33 ochko bilan 7-pog'onada bormoqda.

"Everton" – "Nyukasl" 0:2 (0:0, 0:2)

"Gudison Park"

Goldar: 0:1 – 73 Uilson, 0:2 – 90 Uilson.

"Everton" – Pikford, Din, Kin, Koulmen, Mina, Sigurdsson, Dukure, Ivobi (Andre Gomesh, 63), Xames, Kelvert-Lyuin, Risharlison.

"Nyukasl" – Darlou, Lassels (Klark, 54), Lyuis, Sher, Mankilo, Shelvi, Xeyden, Xendrik, Almiron, Freyzer (Sen-Maksimen, 67), Uilson.

Ogohlantirishlar: Lassels (4), Shelvi (21), Sigurdsson (33), Kin (61), Xames (79), Darlou (84), Xendrik (88).

TURNIR JADVALI

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia